Telegram Group & Telegram Channel
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Erondagi Sharif Texnologiyalar universitetida qon toʻkilayotgan ekan. Bu universitet nafaqat Eronda, balki butun mintaqadagi eng muhim ilm markazlaridan biri. Oʻrta Sharqda bunday zoʻr universitetlar deyarli yoʻq. Shaxsan meni bir nechta yaqin tanishim, hamkasbim, jumladan hatto devor qoʻshnim ham shu universitet bitiruvchisi. Gʻarbiy universitetlarda tahsil olayotgan va ishlayotgan Eronlik olimlarni ko’pi oʻsha universitet bitiruvchisi (Hindistonning IITsidek gap).

Aytmoqchi, kelajakda iqtisodiyotdan Nobel mukofoti oladigan eronlik (hozir juda yosh, 40-50 yilda olishiga aminman) — Muhammad Akbarpour ham, shu universitet bitiruvchisi.

Kecha sharqiy yevrodagi eng zoʻr universitetlar — Moskva Davlat Universiteti, Oliy Iqtisodiyot Maktabi va MFTI shu olti oyda toʻkilib ketayotgani haqida yozgan edim. Endi bugun Erondan shunday yangiliklar. Qiziq tomoni — normal universitet qilishga yarim asr va milliardlab pul kerak. Buzish uchun, bir hafta ham kifoya ekan.

Oʻrta sharqda Qirol Abdulaziz Fan va Texnologiyalar universitetiga, Saudiya eng kamida 10 milliard dollar ajratdi, lekin hali ham, Erondagi Sharifga yetgani yoʻq. Xuddi shunday Qozogʻistondagi Nazarboyev universiteti uchun, eng kamida 2 milliard dollar ajratilgan edi. Lekin albatta MDU yoki MFTI darajasiga yetgani yo’q. Shu ikkala yangi universitetga, milliardlab dollarlar bilan birga vaqt kerak — yaʼni bir necha milliard dollar normal universitet tashkil qilish uchun shart boʻlgan talab, to’g’ri — lekin yetarli emas. Universitet tashkil etish uchun (bir necha milliard dollar bilan birga) yillar kerak, bir necha avlod kerak.

Normal universitetni bir necha kunda vayron qilish uchun esa, koʻrib turganimizdek, juda qisqa vaqt kerak ekan. Chunki universitet — bu insonlar, ular ketib qolishsa, universitet ham qolmaydi.

Lekin eng qizig’i, bunday fan markazlarini vayron qilganlar, hech qachon qanday qiyin mehnat mahsulini vayron qilishganini anglab ham yetishmaydi.
👍29😢10

tg-me.com/excel_hacks/469
Create:
Last Update:

BY Excel Hacks

Warning: Undefined variable $i in /var/www/tg-me/post.php on line 283

Share with your friend now:
tg-me.com/excel_hacks/469

View MORE
Open in Telegram

Excel Hacks Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

What is Secret Chats of Telegram

Secret Chats are one of the service’s additional security features; it allows messages to be sent with client-to-client encryption. This setup means that, unlike regular messages, these secret messages can only be accessed from the device’s that initiated and accepted the chat. Additionally, Telegram notes that secret chats leave no trace on the company’s services and offer a self-destruct timer.

What is Telegram?

Telegram’s stand out feature is its encryption scheme that keeps messages and media secure in transit. The scheme is known as MTProto and is based on 256-bit AES encryption, RSA encryption, and Diffie-Hellman key exchange. The result of this complicated and technical-sounding jargon? A messaging service that claims to keep your data safe.Why do we say claims? When dealing with security, you always want to leave room for scrutiny, and a few cryptography experts have criticized the system. Overall, any level of encryption is better than none, but a level of discretion should always be observed with any online connected system, even Telegram.

Excel Hacks from tr

Telegram Excel Hacks
FROM USA